Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona»da De Yongning holati haqida fikr bildirildi

«Barselona»da De Yongning holati haqida fikr bildirildi

Baho:
+ | -

«Barselona» sport direktori Deku tizzasidan olgan jarohatidan tiklanishda davom etayotgan Frenki de Yongning holati haqida fikr bildirdi.

Dekuning aytishicha, klub futbolchilarning salomatligi bilan bog‘liq tafsilotlarni ommaga oshkor qilish niyatida emas. Uning ta’kidlashicha, tibbiy ma’lumotlar futbolchining shaxsiy hayotiga taalluqli, shuning uchun bu masalani ommaviy axborot vositalari vakillari bilan muhokama qilishni to‘g‘ri deb hisoblamaydi.

«Rodrini ehtimoliy tarzda jamoaga olib kelish haqidagi qaror De Yongning jarohati bilan mutlaqo bog‘liq emas», — deya Dekuning so‘zlarini RAC1 keltiradi.

De Yong hozirda tizza bog‘lamidan olgan jarohatidan tiklanmoqda. O‘tgan mavsumda yarim himoyachi «Barselona» safida Ispaniya chempionatining 25 ta uchrashuvida ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 5 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Kiritildi: 15:21, 12.09.2026.
O'qildi: 1321 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик