Ispaniya La Ligasining 5-turida «Real Sosyedad» o‘z maydonida Madridning «Atletiko» klubini qabul qiladi. Uchrashuv 13 sentyabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
Bahsga bir kun qolganda «Real Sosyedad» matbuot xizmati o‘yin uchun qaydnomani e’lon qildi. Undan 24 nafar futbolchi o‘rin olgan bo‘lib, rossiyalik yarim himoyachi Arsen Zaxaryan ham ro‘yxatga kiritilgan.
23 yoshli futbolchi joriy mavsumda Ispaniya chempionatida faqat bir marta maydonga tushdi va samarali harakatlari bilan ajralib turmadi. Zaxaryan so‘nggi to‘rtta uchrashuvni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi.













