"An-Nasr"ning sobiq yarim himoyachisi Marselo Brozovich Qatarning "As-Sadd" klubiga erkin agent sifatida o‘tadi. Bu haqda insayder Fabrisio Romano xabar berdi.
Xorvatiyalik futbolchi iyul oyida Saudiya Arabistoni klubini tark etganidan buyon jamoasiz edi.
Brozovich faoliyati davomida "An-Nasr"dan tashqari Italiyaning "Inter" klubida ham to‘p surgan.













