Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/09 00:00 Vilyarreal 1-2 Betis
15/09 00:00 Lids 4-1 Nyukasl
15/09 15:00 Tejon Hana Citizen 1-0 Kyoto Sanga
15/09 15:00 Gamba Osaka 4-1 Kongan Hanoi
15/09 15:00 Kashima Antlers 7-1 Nyukasl Jets
15/09 15:00 Ratchaburi 4-6 Shangxay Port
15/09 17:15 Beyjing Guoan 3-1 Poxang Stilers
15/09 17:15 Johor Dorul Ta'zim 1-1 Buriram Yunayted
15/09 21:00 Al-Ayn - An-Nasr (SA)
15/09 22:00 Rayo Valyekano 2-1 Espanyol
15/09 23:00 Alaves 0-1 Valensiya
15/09 23:15 Al-Hilol - Al-G‘arafa
16/09 15:00 Chonbuk Motors - Kashiva Reysol
16/09 17:15 Port - Vissel Kobe

"Lugano" peshqadamlar bahsida ochko yo‘qotdi, Karimov to‘liq harakat qildi

"Lugano" peshqadamlar bahsida ochko yo‘qotdi, Karimov to‘liq harakat qildi

Baho:
+ | -
Bo'lim: YEVROPA
Rukn: Yangiliklar

Shveysariya Superligasining 8-turida chempionat peshqadamlari safida borayotgan "Lugano" va "Yang Boyz" o‘zaro to‘qnash keldi. Sermahsul kechgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Behruz Karimov "Lugano"ning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi va uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi.

Mezbonlar bahsni shiddatli boshlab, 2-daqiqada Daniel Dos Santosning goli evaziga hisobni ochdi. Biroq "Yang Boyz" birinchi bo‘limning o‘zida vaziyatni o‘z foydasiga o‘zgartirdi. 28-daqiqada Samuel Essende muvozanatni tiklagan bo‘lsa, 45-daqiqada Kristian Fassnaxt mehmonlarni oldinga olib chiqdi.

"Lugano" mag‘lubiyatdan o‘yinning 80-daqiqasida qutulib qoldi. Albian Ayeti raqib darvozasini ishg‘ol qilib, yakuniy hisobni belgiladi — 2:2.

Ushbu natijadan keyin "Lugano" 7 ta uchrashuvda 19 ochko bilan turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qoldi. "Yang Boyz" esa 8 o‘yindan so‘ng 16 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 23:59, 12.09.2026.
O'qildi: 1101 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик