«Real» yarim himoyachisi Jud Bellingem «Rayo Valyekano» darvozasiga Vinisius Juniorning uzatmasidan so‘ng gol urdi.
La Liga 5-turidan o‘rin olgan uchrashuvning 35-daqiqasida braziliyalik futbolchi chap qanotdan oldinga yorib kirdi va to‘pni ortga — Bellingemga uzatdi. Angliyalik yarim himoyachi esa jarima maydoni chizig‘i atrofidan to‘pga bir teginishda zarba berib, uni darvozaning uzoq burchagiga joyladi.
Endilikda Bellingemning La Ligadagi 5 ta o‘yindagi hisobi 3 ta gol va 2 ta golli uzatmani tashkil etmoqda.
Vinisius Junior esa Ispaniya chempionatida o‘tkazgan 5 ta uchrashuvida 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.













