Kirish Ro'yxatdan o'tish

SPL. Ronaldu 90 daqiqa o‘ynadi, «An-Nasr» «Al-Xalij»ga qarshi bahsda ochko yo‘qotdi

SPL. Ronaldu 90 daqiqa o‘ynadi, «An-Nasr» «Al-Xalij»ga qarshi bahsda ochko yo‘qotdi

Baho:
+ | -

Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 2026/27 yilgi mavsumi 7-turidan o‘rin olgan «Al-Xalij» — «An-Nasr» uchrashuvi yakunlandi. Bahs Dammam shahridagi «Prins Muhammad bin Fahd» stadionida bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvni Faysal Al-Balavi boshqardi.

Birinchi bo‘limga qo‘shib berilgan vaqtning 1-daqiqasida yarim himoyachi Omar Maskarel «Al-Xalij»ni hisobda oldinga olib chiqdi.

72-daqiqada esa «An-Nasr» hujumchisi Abdulla Al-Hamdan Inigo Martinesning uzatmasidan so‘ng hisobni tenglashtirdi.

«An-Nasr» hujumchisi Krishtianu Ronaldu uchrashuvni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Ayni paytda «An-Nasr» Saudiya Arabistoni chempionati turnir jadvalida 4-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa 7 ta o‘yindan keyin 15 ochko jamg‘argan va peshqadam «Al-Hilol»dan 3 ochko ortda qolmoqda.

«Al-Xalij» esa 7 ochko bilan turnir jadvalining 11-pog‘onasida joylashgan.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 01:03, 13.09.2026.
O'qildi: 1551 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик