Kirish Ro'yxatdan o'tish

“Tottenhem” o‘z tarixidagi eng yomon startni amalga oshirdi

“Tottenhem” o‘z tarixidagi eng yomon startni amalga oshirdi

Baho:
+ | -

“Tottenhem” Angliya Premyer Ligasining 4-turida “Everton” bilan 0:0 hisobida durang o‘ynadi. Shu tariqa “shporlar” klub tarixida ilk bor Angliya chempionatining dastlabki to‘rtta uchrashuvida birorta ham gol ura olmadi. Bu haqda Squawka portal xabar berdi.

“Tottenhem”ning APL joriy mavsumidagi golsiz seriyasiga “Brentford”ga qarshi 0:3 va “Nyukasl Yunayted”ga qarshi 0:2 hisobidagi mag‘lubiyatlar, shuningdek, “Nottingem Forest” va “Everton” bilan 0:0 hisobidagi duranglar kiradi.

Premyer Liga tarixida mavsum boshidagi bundan ham uzunroq golsiz seriya faqat “Kristal Pelas”da kuzatilgan. London klubi 2017/18 yilgi mavsumning dastlabki yetti uchrashuvida gol ura olmagan edi.

Shuningdek, “Tottenhem” uchun bu Angliya futbolining eng yuqori to‘rtta divizionidagi mavsum startida qayd etilgan eng uzoq golsiz seriya hisoblanadi.

Keyingi turda “shporlar” 19 sentyabr kuni o‘z maydonida “Aston Villa”ni qabul qiladi.

“Tottenhem” ayni paytda 2 ochko bilan Angliya Premyer Ligasi turnir jadvalining 17-pog‘onasidan joy olgan.

“Shporlar” o‘tgan mavsum yakunlariga ko‘ra ham APL turnir jadvalida 17-o‘rinni egallagan edi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:09, 13.09.2026.
O'qildi: 873 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик