«Liverpul» rahbariyati jamoaning yarim himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi va yangi yarim himoyachi izlamoqda. Bu haqda Transfer News Live Teamtalk manbasiga tayanib xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Angliya grand klubining ehtimoliy yangi futbolchilari ro‘yxatida Aleks Skott («Bornmut»), Manu Kone («Roma»), Aleksander Stankovich («Inter») va Lamin Kamara («Monako») bor.
«Liverpul» Angliya Premyer-ligasining to‘rt turidan so‘ng olti ochko to‘plagan. Jamoa turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.
«Liverpul» so‘nggi uchrashuvida o‘z maydonida Londonning «Fulxem» klubi bilan durang o‘ynadi — 0:0.













