Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoasining o‘yinidan qay darajada qoniqqani haqida fikr bildirdi.
Shanba kuni «qirollik klubi» La Liga doirasida o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ni 4:1 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchratdi. O‘yindan keyingi matbuot anjumanida portugaliyalik murabbiydan nega zaxira o‘rindig‘ida ba’zida jahldor va xavotirli ko‘ringani so‘raldi.
«Men jahldor emasman, aksincha, mamnunman. Ammo biz birga ishlayotganimizga atigi bir necha hafta bo‘ldi. Ideal jamoani uch kunda yoki uch oyda qurib bo‘lmaydi — ba’zida buning uchun hatto uch yil ham kerak bo‘ladi. Men ko‘plab ijobiy jihatlarni ko‘ryapman. Biz bosqichma-bosqich rivojlanishga harakat qilyapmiz», — dedi Mourinyo.
«Real» Ispaniya chempionatining besh turidan so‘ng 12 ochko to‘plagan.













