«Manchester Siti» bosh murabbiyi Enso Mareska «Manchester Yunayted» bilan yangi futbolchilarni xarid qilish uchun sarflangan mablag‘lar o‘rtasidagi farq haqida fikr bildirdi.
«Shaharliklar» faqat yarim himoyachilar uchun qariyb 400 million yevro sarflagan bo‘lsa, butun yoz davomida yarim himoya chizig‘ini kuchaytirishga harakat qilgan «qizil iblislar» yangi yarim himoyachilar uchun 180 million yevrodan kam mablag‘ sarfladi.
«Rostini aytsam, narxlarga unchalik e’tibor bermayman, chunki transferlar uchun pulni men to‘lamayman. Ammo men uchun yaxshi futbolchilarni tarkibga qo‘shish muhim. Bizga ham, «Manchester Yunayted»ga ham o‘tgan barcha futbolchilar yuqori darajada. Eng muhimi shu. Ammo futbolchiga klub uning uchun qancha to‘laganiga qarab baho berish adolatdan emas, deb o‘ylayman. Hozirgi transfer bozori shunchaki aqldan ozgan», — dedi Mareska.
Bugun «Old Trafford»da Manchester derbisi bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 21:30 da boshlanadi.













