Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Mourinyo: «Biz juda tezkor o‘ynaymiz»

Mourinyo: «Biz juda tezkor o‘ynaymiz»

Baho:
+ | -

«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo jamoasi namoyish etayotgan futbol uslubi haqida fikr bildirdi. Shanba kuni madridliklar o‘z maydonida «Rayo Valyekano»ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.

«Biz ko‘p gol uryapmiz, biroq shu bilan birga juda ko‘p vaziyatlarni ham yo‘qqa chiqaryapmiz. Hujumga o‘tganimizda juda shiddatli harakat qilamiz. Biz darvozaga zarba berishdan oldin o‘n daqiqa to‘pni nazorat qilib turadigan jamoalardan emasmiz.

Biz juda tez harakat qilamiz, tezlik qanchalik yuqori bo‘lsa, qaror qabul qilish ham shunchalik qiyinlashadi. Bir kuni buning uchun qaysidir jamoa jazosini oladi. Hamma zarbalarimiz golga aylanadigan kunda 6 yoki 7 ta gol uramiz», — deya Mourinyoning so‘zlarini Marca keltirdi.

«Real» La Liganing joriy mavsumida o‘tkazgan beshta uchrashuvida 12 ochko jamg‘ardi.

Kiritildi: 12:53, 13.09.2026.
O'qildi: 818 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик