Ayni paytda «Viking» safida ijara asosida to‘p tepayotgan norvegiyalik himoyachi Yesper Dalann Yevropaning bir qator klublari qiziqish doirasiga tushgan. Bu haqda insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, 26 yoshli futbolchiga «Ayntraxt», «Shalke» va «Lill» klublari qiziqish bildirmoqda.
Dalannning transfer huquqlari «Kardiff Siti»ga tegishli. Uning «Viking»dagi ijara muddati 2027 yil yanvar oyi oxirida yakunlanadi.
Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining bozor qiymatini 1,5 million yevroga baholamoqda.
Yesper Dalann Norvegiya chempionatining joriy mavsumida ikkita uchrashuvda maydonga tushib, bitta sariq kartochka olgan.













