Madridning «Atletiko» klubi 26 yoshli hujumchisi Xulian Alvares mashg‘ulot vaqtida mushak jarohatini oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati X ijtimoiy tarmog‘idagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, Alvares shanba kuni bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotning oxirlarida o‘zini noqulay his qilgani sababli maydonni tark etgan. Argentinalik futbolchi mushak cho‘zilishi sababli bugun, 13 sentyabr kuni Ispaniya La Ligasining 5-turidan o‘rin olgan «Real Sosyedad»ga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi.
Yaqin vaqt ichida Alvares tibbiy ko‘rikdan o‘tadi. Shundan so‘ng uning jarohati qay darajada ekani va tiklanish muddati aniq bo‘ladi.
Avvalgi turda «Atletiko» Bilbaoning «Atletik» klubiga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Madridliklar keyingi uchrashuvni 16 sentyabr kuni «Osasuna»ga qarshi o‘tkazadi.













