«Real» bosh murabbiyi Joze Mourinyo «Rayo Valyekano» ustidan qozonilgan 4:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Arda Gyulerni zaxirada qoldirish haqidagi qarorini izohladi. Turkiyalik futbolchi ikkinchi bo‘limda maydonga tushdi.
— «Real» Gyuler asosiy tarkibda maydonga tushganida yaxshiroq o‘ynaydimi?
— Ha, Gyuler maydonda bo‘lganida jamoa o‘yiniga juda katta ta’sir ko‘rsatadi. Ammo bugun Diomande asosiy tarkibda o‘ynamaganida, bu yerdagi birinchi savol Diomande qachon asosiy tarkibga tushishi haqida bo‘lishiga 100 foiz ishonchim komil. Zaxira o‘rindig‘imizda juda ko‘p sifatli futbolchilar bor edi.
Sizlar bu savollarni har bir o‘yindan keyin berasizlar. Arda juda yaxshi o‘ynaydi, Braim Dias «Inter»ga qarshi o‘yinda o‘zini a’lo darajada ko‘rsatdi, Diomande esa o‘z ustida ishlamoqda. Vinisius yaxshi formaga kirguncha uni qo‘llab-quvvatlashda davom etaman. Bizda juda kuchli tarkib bor.
Gyuler juda yaxshi futbolchi, uning mahorati yuqori. U zaxiradan maydonga tushgach, jamoa o‘yinini barqarorlashtirishga yordam berdi, dedi Joze.













