Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/09 00:30 Barselona 7-2 Rasing
17/09 18:00 Navbahor 3-2 Dinamo
17/09 22:00 Betis 1-0 Xetafe
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
19/09 18:00 Mash’al - Paxtakor
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro

Sarri: «Mag‘lubiyatga qaramay, biz rivojlanyapmiz»

Sarri: «Mag‘lubiyatga qaramay, biz rivojlanyapmiz»

Baho:
+ | -

Italiya chempionatining 4-turida «Atalanta» o‘z maydonida «Kalyari»ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Shunga qaramay, jamoa bosh murabbiyi Maurisio Sarri optimistik fikr bildirdi. Uning ta’kidlashicha, «Atalanta»dagi ishlar uning sobiq klubi «Lasio»dagi davrga qaraganda ancha yaxshi ketmoqda.

«Bugungi o‘yin Sarri uslubiga «Roma»ga qarshi uchrashuvdan ko‘ra ancha ko‘proq mos keldi. Biz ko‘p hujum qildik va raqib darvozasi tomon 22 marta zarba berdik. Albatta, aniq bo‘lmagan harakatlar va natijamizga ta’sir qilgan xatolar bo‘ldi. Ammo shubhasiz, bu avvalgi o‘yinlarga qaraganda ancha ishonchli poydevor. Bugun men ancha kamroq xavotirdaman: jamoaning holati yaxshilanayotganga o‘xshayapti», — deya Sarrining so‘zlarini Calcio Atalanta nashri keltirdi.

Eslatib o‘tamiz, «Atalanta» o‘tgan mavsumni 7-o‘rinda yakunlagan edi. Bu natija klub rahbariyati tomonidan muvaffaqiyatsizlik sifatida baholangan.

Kiritildi: 16:21, 13.09.2026.
O'qildi: 827 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик