Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Zakkani: «Biz Gattuzoga allaqachon ko‘nikib qoldik»

Zakkani: «Biz Gattuzoga allaqachon ko‘nikib qoldik»

Baho:
+ | -

Rimning «Lasio» klubi hujumchisi Mattia Zakkani jamoa futbolchilari yangi bosh murabbiy Jennaro Gattuzoga allaqachon moslashib bo‘lganini aytdi.

Eslatib o‘tamiz, mutaxassis «Lasio» bosh murabbiyi etib yozda tayinlangan. Bunga qadar jamoani «Atalanta»ga o‘tib ketgan Maurisio Sarri boshqargan.

«Biz murabbiyni allaqachon yaxshi taniymiz. U juda samimiy inson, u bilan ishlash qulay. U jamoani birlashtiradigan muhit yarata oladi. Buning hammasi ishimizni osonlashtiradi va shu ruhda davom etishimiz kerak.

U mashg‘ulotlarda doimo biz bilan birga ishtirok etadi. Bugun o‘yin tugashiga o‘n daqiqa qolganida uni maydonda bizga yordam berish uchun ko‘rish kerakmidi? Menimcha, ha», — deya Zakkanining so‘zlarini Pianeta Milan nashri keltirdi.

«Lasio» A Seriyaning dastlabki to‘rt turida 10 ochko jamg‘ardi.

Kiritildi: 16:31, 13.09.2026.
O'qildi: 937 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик