Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Xvicha: «Bitta xato qilsang, zaxirada qolib ketishing mumkin»

Xvicha: «Bitta xato qilsang, zaxirada qolib ketishing mumkin»

Baho:
+ | -

Hujumkor yarim himoyachi Xvicha Kvarasxeliya «PSJ»da Luis Enrike qo‘l ostida ishlash haqida fikr bildirdi.

«Luis Enrike qo‘l ostida shuni tushundimki, eng yuqori darajada o‘ynashga tayyor bo‘lishim kerak. Chunki bu yerda har bir futbolchi asosiy tarkibda maydonga tushishga qodir. Agar hatto bitta xato qilsang ham, zaxira o‘rindig‘idan joy olishing mumkin», — deya Kvarasxeliyaning so‘zlarini France Football manbasiga tayangan holda Mundo Deportivo nashri keltirdi.

Xvicha Kvarasxeliya «PSJ» safida 85 ta uchrashuvda maydonga tushib, 28 ta gol urgan va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Yakshanba kuni «PSJ» Liga 1 doirasida safarda «Brest»ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 16:57, 13.09.2026.
O'qildi: 1286 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик