Angliya chempionatining 4-turida «Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» o‘rtasidagi derbi portugaliyalik himoyachi Diogu Dalot uchun yubiley o‘yinga aylandi.
U «MYU» safidagi 250-uchrashuvida maydonga tushdi.
BBC nashrining xabar berishicha, uchrashuv boshlanishidan oldin jamoa bosh murabbiyi Maykl Karrik futbolchiga yubiley munosabati bilan maxsus futbolka topshirdi.
Dalot «qizil iblislar» safidagi avvalgi 249 ta o‘yinda 10 ta gol urgan va 20 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
U 2018 yildan buyon «Manchester Yunayted» sharafini himoya qilmoqda. Portugaliyalik futbolchi «Portu»dan 20 million yevro evaziga transfer qilingan.













