Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

A seriya. «Napoli» g‘alaba qozondi, «Yuventus» esa so‘nggi daqiqalarda mag‘lub bo‘ldi

A seriya. «Napoli» g‘alaba qozondi, «Yuventus» esa so‘nggi daqiqalarda mag‘lub bo‘ldi

Baho:
+ | -

Italiya A Seriyasining 2026/27 yilgi mavsumi 4-turida ikkita qiziqarli uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

«Napoli» o‘z maydonida «Bolonya»ni 1:0 hisobida mag‘lub etdi. Neapoldagi «Diyego Armando Maradona» stadionida o‘tgan bahsda yagona golni Stanislav Lobotka 66-daqiqada kiritdi.

7-daqiqada «Bolonya» himoyachisi Artyur Teat hisobni ochgan edi, ammo VAR ko‘rigidan so‘ng gol bekor qilindi.

Shu tariqa, Massimiliano Allegri shogirdlari barcha musobaqalardagi ketma-ket uchta mag‘lubiyatdan iborat seriyani to‘xtatdi. «Napoli» 6 ochko bilan 9-o‘rinda, «Bolonya» esa 1 ochko bilan 16-pog‘onada bormoqda.

Boshqa uchrashuvda «Sassuolo» o‘z maydonida «Yuventus»ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Mezbonlar Sebastyano Espozitoning 65-daqiqadagi goli bilan hisobni ochdi. Edon Jegrova 82-daqiqada tenglikni tikladi, Kiron Boui esa 89-daqiqada «Sassuolo»ni yana oldinga olib chiqdi. Jegrova 90+1-daqiqada dubl qayd etib, hisobni 2:2 ko‘rinishiga keltirdi. Biroq Vasiliye Adjich 90+4-daqiqada «Sassuolo»ga g‘alaba keltirgan golni urdi.

Qayd etish joiz, ushbu uchrashuvning 81-daqiqasidan keyin to‘rtta gol urildi.

4-turdan so‘ng «Yuventus» va «Sassuolo» 7 ochkodan jamg‘argan holda turnir jadvalida mos ravishda 8- va 9-o‘rinlarni egallab turibdi.

Italiya — A Seriya, 4-tur
«Napoli» — «Bolonya» — 1:0
Gol: Stanislav Lobotka, 66.

«Sassuolo» — «Yuventus» — 3:2
Gollar: Sebastyano Espozito, 65; Edon Jegrova, 82, 90+1; Kiron Boui, 89; Vasiliye Adjich, 90+4.

Manba: stadion.uz
Kiritildi: 07:17, 14.09.2026.
O'qildi: 1203 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик