Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Chempionshipda hukmronlik qilgan Lempard APLda og‘ir ahvolda qoldi

Chempionshipda hukmronlik qilgan Lempard APLda og‘ir ahvolda qoldi

Baho:
+ | -

0 gol, 0 ochko, 10 ta o‘tkazib yuborilgan to‘p va 4 ta o‘yinda 4 ta mag‘lubiyat — "Koventri"ning joriy mavsumdagi natijasi shunday.

Klub 25 yillik tanaffusdan so‘ng Angliya Premyer-ligasiga qaytdi. O‘tgan mavsum Frenk Lempard boshchiligidagi jamoa Chempionshipda ishonchli tarzda chempion bo‘lgan edi.

Biroq o‘tgan mavsum ikkinchi divizionda qanchalik ustunlik qilgan bo‘lsa, "Koventri" hozir APLda shunchalik qiyin ahvolga tushib qoldi.

Ma’lum bo‘lishicha, klubning 107 yillik tarixida hali hech bir bosh murabbiy mavsumni ketma-ket 4 ta mag‘lubiyat bilan boshlamagan. Bu klub qaysi divizionda ishtirok etganidan qat’i nazar, ilk bor sodir bo‘ldi.

Keyingi turda "Koventri" safarda "Nottingem Forest"ga qarshi maydonga tushadi.

Kiritildi: 09:45, 14.09.2026.
O'qildi: 1192 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик