Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Brozovich rasman "As-Sadd" futbolchisiga aylandi

Brozovich rasman "As-Sadd" futbolchisiga aylandi

Baho:
+ | -

"Inter" va Xorvatiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi Marselo Brozovich rasman Qatarning "As-Sadd" klubi futbolchisiga aylandi. Bu haqda klub ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum qildi.

34 yoshli futbolchi yangi jamoasiga erkin agent sifatida qo‘shildi. Uning Saudiya Arabistonining "An-Nasr" klubi bilan shartnomasi 30 iyun kuni yakuniga yetgan edi.

Yozgi transferlar oynasida Brozovichga bir qator klublar qiziqish bildirdi. Ular orasida Italiyaning "Yuventus", "Lasio" va "Fiorentina" klublari, shuningdek, Saudiya Arabistonining "Al-Ittihod" hamda Turkiyaning "Trabzonspor" jamoalari bor edi.

Biroq xorvatiyalik futbolchi faoliyatini Qatarda davom ettirishga qaror qildi.

Brozovich faoliyati davomida "Xrvatski Dragovolyas", "Lokomotiva", Zagrebning "Dinamo", "Inter" va "An-Nasr" klublarida to‘p tepgan.

Shuningdek, u Xorvatiya terma jamoasi safida 99 ta o‘yin o‘tkazgan.

Kiritildi: 10:28, 14.09.2026.
O'qildi: 879 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик