XX yozgi Osiyo o‘yinlarining futbol musobaqasi ilk turidan o‘rin olgan bahsda O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Filippin bilan 1:1 hisobida durang o‘ynadi.
Uchrashuvda hisob 80-daqiqada Mehribon Egamberdiyevaning goli evaziga ochildi. Biroq raqib jamoa vakili Natali Kollinz 88-daqiqada hisobni tenglashtirdi.
Ayollarimiz keyingi bahsni 17 sentyabr kuni Xitoyga qarshi o‘tkazadi.
XX yozgi Osiyo o‘yinlari
O‘zbekiston — Filippin 1:1
Gollar: M. Egamberdiyeva, 80 — N. Kollinz, 88.













