Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Keyn mavsumdagi ilk golidan so‘ng fikr bildirdi

Keyn mavsumdagi ilk golidan so‘ng fikr bildirdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» hujumchisi Xarri Keyn mavsumni odatdagidek sermahsul boshlay olmadi.

Angliyalik futbolchi Bundesliganing 3-turida «Elversberg»ga qarshi o‘tgan uchrashuvda 72-daqiqada g‘alaba golini urdi. «Bavariya» 2:1 hisobida zafar quchgan ushbu bahsdagi gol 33 yoshli hujumchi uchun joriy Germaniya chempionatidagi ilk gol bo‘ldi.

«Bu futbol. Ba’zida golni istaganingdan ko‘ra uzoqroq kutishga to‘g‘ri keladi. Gol urib, jamoaga uch ochko olishda yordam berganimdan xursandman. Bu yerda o‘ynash oson emas, shuning uchun natijadan mamnunmiz.

Zaxiradan maydonga tushayotgan futbolchilar bor kuchini berishi va jamoaga qo‘shimcha energiya olib kirishi muhim. Bugun aynan shunday bo‘ldi. Biz yana ko‘proq gol urishimiz mumkin edi, ammo g‘alaba — baribir g‘alaba. Mavsum endi boshlandi va, ehtimol, hali optimal formaga kirganimiz yo‘q», — dedi Keyn DAZN nashriga bergan intervyusida.

«Bavariya» Bundesliganing uch turidan so‘ng 7 ochko jamg‘argan.

Kiritildi: 12:34, 14.09.2026.
O'qildi: 445 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик