«Real Madrid» yarim himoyachisi Jud Bellingem bilan yangi shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda jurnalist Jorje Pikon xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, yangi kelishuvga binoan angliyalik futbolchining yillik maoshi 24 million yevroni tashkil qiladi. Madrid klubida xuddi shunday maoshni jamoa vingeri Vinisius Junior ham oladi.
Jud Bellingemning «Real» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil 30 iyunga qadar mo‘ljallangan. Angliyalik futbolchi 2023 yilda «Real» safiga qo‘shilgan.













