«Kalyari» bilan o‘yindan so‘ng afsonaviy Paolo Maldinining o‘g‘li Daniel Maldini olti kishi jabrlangan yo‘l-transport hodisasiga uchradi. Endi voqea tafsilotlari ma’lum bo‘ldi.
Sport Mediaset xabar berishicha, hodisadan so‘ng Daniel Maldini shifoxonada alkogol va narkotik moddalar bo‘yicha testdan o‘tgan.
Alkogol bo‘yicha o‘tkazilgan har ikki test ham ijobiy natija ko‘rsatgan — nafas tarkibidagi alkogol miqdori mos ravishda 0,91 va 0,89 mg/lni tashkil etgan. Narkotik moddalar iste’moli bo‘yicha dastlabki test ham ijobiy chiqqan.
Ayni paytda toksikologik tahlil natijasi kutilmoqda.
YTHdan keyin Daniel Maldini jiddiy muammolarga duch kelishi mumkin.













