Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Ravshan Haydarov Osiyo o‘yinlari oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Ravshan Haydarov Osiyo o‘yinlari oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi

Baho:
+ | -

O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Ravshan Haydarov Osiyo o‘yinlari oldidan tashkil etilgan matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Turnir oldidan fikrlar:

Osiyo o‘yinlari — qit’amiz uchun juda katta musobaqa, ko‘plab sport turlari ishtirok etadigan kichik Olimpiada hisoblanadi. Barcha turnir qatnashchilariga, guruhimizdagi raqiblarimizga o‘zlari oldilariga qo‘ygan maqsadlariga erishishlarini tilayman.

O‘zbekiston eng sara sportchilari bilan musobaqada munosib ishtirok etish uchun tashrif buyurdi. Biz ham bu nufuzli turnirga yil davomida tayyorgarlik olib bordik. Musobaqada Vatanimiz sharafini munosib himoya qilib, medallar uchun kurash olib borish maqsadida keldik.

Tashkilotchilik haqida:

Avvalambor, tashkilotchilarga minnatdorchilik bildiramiz. Bu kabi juda katta musobaqani qabul qilayotgan Yaponiyaga rahmat aytamiz. Tashkiliy tarafdan yurtingiz har doim musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazib kelgan. O‘ylaymanki, bu turnir ham yuqori darajada tashkil etiladi.

Moslashish jarayoni haqida:

Vaqt tafovuti bo‘yicha moslashish ishlarini Toshkent yig‘inidan boshlaganmiz. Yaponiya bilan 4 soat farqimiz bor, shunga yarasha futbolchilarning moslashish ko‘nikmasini olib bordik.

Toshkentdagi yig‘inimizdan keyin Xitoyning Dalyan shahrida tayyorgarlikni davom ettirdik va nazorat uchrashuvini o‘tkazdik. U yerning iqlimi ham Yaponiya bilan o‘xshash va oradagi vaqt farqi 1 soatni tashkil etadi. O‘ylaymanki, vaqt masalasida ham, iqlim masalasida ham muammolar bo‘lmaydi. Futbolchilarimiz ko‘nikma hosil qilib bo‘lishdi.

Eslatib o‘tamiz, U-23 terma jamoamiz musobaqadagi ishtirokini 15-sentyabr kuni Filippinga qarshi bahs bilan boshlaydi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 11:30 da Nagoyada joylashgan “Minato soccer fiyeld” maydonida bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 14:37, 14.09.2026.
O'qildi: 1330 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик