«Xorazm» PFK bosh murabbiyi Sergey Tokov boshchiligidagi murabbiylar shtabi bilan o‘zaro kelishuv asosida tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.
«Xorazm» PFK rahbariyati Sergey Tokov hamda murabbiylar shtabi a’zolariga klubdagi faoliyati, jamoa rivoji yo‘lidagi mehnati va qo‘shgan hissasi uchun minnatdorlik bildirdi.
Klub Sergey Tokov va murabbiylar shtabiga kelgusi professional faoliyatida muvaffaqiyat va omad tilaydi.













