Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Giggz Maynu haqida: «Hali ham yosh, hali ham o‘rganmoqda»

Giggz Maynu haqida: «Hali ham yosh, hali ham o‘rganmoqda»

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted»ning sobiq futbolchisi Rayan Giggz jamoa yarim himoyachisi Kobbi Maynuning o‘yini haqida fikr bildirdi.

Giggz «Manchester Yunayted» 0:1 hisobida «Manchester Siti»ga mag‘lub bo‘lgan Manchester derbisida Maynuning harakatlariga baho berdi. Futbolchi uchrashuvni to‘liq 90 daqiqa maydonda o‘tkazdi.

«Gap tezlikda emas, balki tezlanishda. U juda tez emas, ammo tezlanishi bor va jismonan baquvvat. U juda, juda yaxshi futbolchi. Hali ham yosh, hali ham o‘rganmoqda va buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘yinlar davomida amalga oshirishga majbur», — dedi Giggz Rio Ferdinandning YouTube kanalida.

Mutaxassis, shuningdek, Maynuning maydonni ko‘rish qobiliyatini Pol Skoulzniki bilan taqqosladi. Sobiq futbolchining fikricha, Maynu dribling va qisqa paslarini saqlab qolgan holda o‘z o‘yiniga uzun paslarni ham qo‘shishi mumkin.

Kiritildi: 06:06, 15.09.2026.
O'qildi: 775 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик