Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Gasperini Malenni almashtirish sababini tushuntirdi

Gasperini Malenni almashtirish sababini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Roma» bosh murabbiyi Djan Pyero Gasperini «Torino»ga qarshi 2:0 hisobidagi o‘yinning ikkinchi bo‘limi boshida Doniell Malenni almashtirish sababini tushuntirdi. Malen «Roma»ning birinchi golini urdi va chempionatning dastlabki to‘rtta o‘yinidagi gollari sonini oltitaga yetkazdi.

«Biz tarkibdagi barcha futbolchilarning o‘sishini xohlaymiz. Bu bizning sakkiz kun ichidagi uchinchi o‘yinimiz edi va futbolchilar muntazam ravishda 90 daqiqadan o‘ynashlariga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi.

Agar ularga 20–30 daqiqa dam olish imkonini bera olsak, uzoq muddatda bu muhim ahamiyat kasb etishi mumkin. Shuningdek, Dibala va Malenning ortida turgan futbolchilar ham o‘z ustida ishlashi va muhim rol o‘ynashga tayyor bo‘lishi kerak. Agar buning uddasidan chiqsak, butun jamoa yanada kuchli bo‘ladi», — dedi Gasperini DAZN efirida.

Ushbu g‘alabadan so‘ng «Roma» 12 ochko bilan Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 06:09, 15.09.2026.
O'qildi: 704 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик