Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Gordon: «Bunday bo‘lishini kutmagandim»

Gordon: «Bunday bo‘lishini kutmagandim»

Baho:
+ | -

«Barselona» vingeri Entoni Gordon jamoaning joriy mavsum boshidagi o‘yinlari haqida fikr bildirdi.

«Ko‘k-anorranglilar» ajoyib natijadorlik namoyish etmoqda: La Ligada amaldagi chempionlar beshta o‘yinning barchasida g‘alaba qozonib, to‘plar nisbatini 21:4 ko‘rinishiga keltirdi. Chempionlar Ligasida esa «Feyenoord» ustidan 5:1 hisobidagi g‘alaba bilan start olishdi.

«Barselona»ga o‘tayotganimda har bir o‘yinda g‘alaba qozonishimiz mumkinligini tushunardim, ammo doimiy ravishda beshta gol farqi bilan g‘alaba qozonishimizni kutmagandim. Hech kim bizning hujumimizni to‘xtata olmaydi», — deya Gordonning so‘zlarini The Touchline keltirmoqda.

16 sentyabr kuni Xans-Diter Flik shogirdlari o‘z maydonida «Rasing»ni qabul qiladi.

Kiritildi: 06:15, 15.09.2026.
O'qildi: 1511 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик