Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi - Xorazm

Fabregas: «Qanday jamoaga aylanishimiz mumkinligini tushuna boshlayapman»

Fabregas: «Qanday jamoaga aylanishimiz mumkinligini tushuna boshlayapman»

Baho:
+ | -

«Komo» bosh murabbiyi Sesk Fabregas Italiya chempionatining 4-turida «Parma» ustidan qozonilgan 2:1 hisobidagi g‘alabani sharhladi.

«Bir nechta futbolchi juda charchadi, biz almashtirishlar amalga oshirdik va maydonga tushgan futbolchilarning o‘yini menga yoqdi. Bu jamoaning muhim javobi bo‘ldi, chunki bu men barcha futbolchilarga ishonishim mumkinligini anglatadi. O‘yinimizdan juda mamnunman. Murabbiy sifatida men uchun bu muhim g‘alaba, chunki qanday jamoaga aylanishimiz mumkinligini tushuna boshlayapman.

Bu mavsumda ko‘plab yangi holatlarni hisobga olishimizga to‘g‘ri kelmoqda. Darvozaga 31 marta zarba berib, faqat bitta gol urganimizda, raqiblar himoyani kuchaytirish uchun nimanidir o‘zgartirishi va biz gol o‘tkazib yuborish xavfi paydo bo‘lishi aniq. Oxir-oqibat aynan shunday bo‘ldi», — deya Fabregasning so‘zlarini Football Italia keltirmoqda.

Ushbu uchrashuvdan so‘ng «Komo» 10 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Uni «Udineze» ustidan 4:2 hisobida g‘alaba qozonayotgan «Inter» ortda qoldirishi mumkin.

Kiritildi: 06:16, 15.09.2026.
O'qildi: 883 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик