Kirish Ro'yxatdan o'tish

A Seriya. 8 ta gol urilgan o‘yinda "Inter" "Udineze"ni yengdi

A Seriya. 8 ta gol urilgan o‘yinda "Inter" "Udineze"ni yengdi

Baho:
+ | -

A Seriyaning 4-turida Milanning «Inter» va «Udineze» jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Italiyaning amaldagi chempioni 5:3 hisobida irodali g‘alabaga erishdi.

Mehmonlar uchrashuv boshida «Inter»ni shokka tushirib, tezkor ikkita gol urdi. 9-daqiqada Jeyms Abankva hisobni ochdi, keyin esa Yurgen Ekkelenkamp to‘pni darvozaga yo‘lladi. Biroq milanliklar tanaffusga qadar Karlos Augusto va Nikolo Barellaning gollari evaziga hisobni tenglashtirdi.

Ikkinchi bo‘limda esa uchrashuvdagi intriga deyarli qolmadi. «Inter» Markus Tyuram, Franchesko Espozito va Anj-Yoan Bonnining gollari evaziga raqibini taslim etib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi. Uchrashuv yakunida «Udineze» safida Idrissa Geye gol urdi.

«Inter» 12 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. «Udineze» esa 4 ochko bilan 13-o‘rinni egallab turibdi.

Kiritildi: 06:24, 15.09.2026.
O'qildi: 1057 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик