«Inter» Italiya A Seriyasidagi mag‘lubiyatsiz seriyasini 14 ta uchrashuvga yetkazdi.
Kristian Kivu boshchiligidagi milanliklar chempionatning 4-turida «Udineze»ni 5:3 hisobida mag‘lub etdi.
«Inter» joriy mavsumning avvalgi turlarida «Napoli»ni 3:2, «Kalyari»ni 1:0 va «Monsa»ni 4:1 hisobida yenggan edi.
«Neradzurri» Italiya chempionatida so‘nggi marta o‘tgan mavsum mart oyida «Milan»ga qarshi derbida 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgan. Shundan keyin jamoa o‘tgan mavsumning qolgan 10 ta uchrashuvida 5 ta g‘alaba va 5 ta durang qayd etdi.
«Inter» keyingi turda «Roma» bilan uchrashadi. Ayni paytda har ikki jamoa A Seriya turnir jadvali peshqadamlari qatorida bormoqda.













