Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/10 19:00 Neftchi 2-2 Xorazm
09/10 18:30 Qo‘qon-1912 - Mash’al
09/10 19:00 Paxtakor - Bunyodkor
09/10 19:00 Buxoro - Andijon
09/10 19:30 Nasaf - Dinamo

Malen «Roma» tarixidagi noyob natijani takrorladi

Malen «Roma» tarixidagi noyob natijani takrorladi

Baho:
+ | -

«Roma» hujumchisi Doniell Malen 2026/27 yilgi mavsum boshida yuqori sermahsullik namoyish etmoqda.

Niderlandiya terma jamoasining 27 yoshli futbolchisi A Seriya 4-turidan o‘rin olgan «Torino»ga qarshi uchrashuvda hisobni ochdi.

Shu tariqa, Malenning joriy mavsumdagi gollari soni 6 taga yetdi. U 4 ta uchrashuvdan so‘ng ayni paytda Italiya chempionatining eng yaxshi to‘purari bo‘lib turibdi.

Malen 1-turda «Fiorentina»ga qarshi 4:0 hisobida yakunlangan bahsda xet-trik qayd etgan, «Lechche»ga qarshi 4:0 hisobidagi o‘yinda esa dubl muallifi bo‘lgan. «Atalanta»ga qarshi 2:1 hisobidagi uchrashuvda u gol ura olmagan.

Shuningdek, Malen «Roma» tarixida Italiya chempionatining mavsumdagi dastlabki to‘rt o‘yinida kamida 6 ta gol urgan uchinchi futbolchiga aylandi.

Avval bu natijaga Pedro Manfredini va Franchesko Totti erishgan. Manfredini 1960/61 yilgi mavsum startida 7 ta, Totti esa 2001/02 yilgi mavsumning ilk to‘rt bahsida 6 ta gol urgan.

Kiritildi: 17:32, 15.09.2026.
O'qildi: 767 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик