"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Maykl Karrik jamoaning yangi yarim himoyachisi Karlos Baleba terma jamoalar o‘yinlari uchun beriladigan tanaffusdan keyin maydonga qaytishi kutilayotganini ma’lum qildi.
Kamerunlik futbolchi ayni paytda to‘pig‘idan olgan jarohatidan tiklanmoqda. Shu sababli u "Brayton"ga qarshi Liga kubogi va "Fulxem" bilan APL bahsida ishtirok etmasligi kutilmoqda.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, Baleba 10 oktyabr kuni "Tottenxem"ga qarshi o‘tkaziladigan Premyer-liga uchrashuvida "Manchester Yunayted" safidagi debyutini amalga oshirishi mumkin. Bu o‘yin "qizil iblislar"ning xalqaro tanaffusdan keyingi birinchi uchrashuvi bo‘ladi.
22 yoshli yarim himoyachi yozda "Brayton"dan taxminan 70 million funt evaziga xarid qilingan, ammo jarohat tufayli hali yangi jamoasi safida rasmiy o‘yin o‘tkazmadi.













