«Real» darvozaboni Tibo Kurtua «Santyago Bernabeu»da muxlislarning jamoani hushtakbozlik bilan kutib olishi haqida fikr bildirdi.
Belgiyalik golkiperning ta’kidlashicha, klub muxlislari bunday munosabat bildirishga haqli.
«Muxlislarning hushtakbozligi? Bu — talabchanlik. Aynan shu narsa «Real»ni buyuk klubga aylantiradi. Biz ikki yildan beri biror yirik sovrinni qo‘lga kiritmadik. Shuning uchun ular bunday munosabat bildirishga haqli», — deya Kurtuaning so‘zlarini keltiradi Marca.
Ayni paytda «Real» Ispaniya chempionati turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi.
Joze Mourinyu boshchiligidagi madridliklar peshqadam «Barselona»dan 3 ochko ortda qolmoqda.













