Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Toppmyoller "Lans"da atigi 28 kun ishlashi mumkin

Toppmyoller "Lans"da atigi 28 kun ishlashi mumkin

Baho:
+ | -

"Lans" bosh murabbiyi Dino Toppmyoller yaqin vaqt ichida lavozimidan ozod etilishi mumkin. Bu haqda SO FOOT xabar berdi.

Germaniyalik mutaxassis jamoa boshqaruvida atigi 28 kun ishladi. Shu vaqt ichida "Lans" uning qo‘l ostida 6 ta uchrashuv o‘tkazdi.

Agar iste’fo rasman tasdiqlansa, Toppmyoller Ikkinchi jahon urushidan keyingi davrda "Lans"ni eng qisqa muddat boshqargan murabbiyga aylanishi mumkin.

Avvalgi antirekord Gi Ruga tegishli. U 2007 yilda jamoa bosh murabbiyi sifatida 7 ta uchrashuv o‘tkazgan.

Toppmyollerni iste’foga chiqarish qarori klubning so‘nggi yillarda barqarorlikka katta e’tibor qaratib kelayotgani fonida kutilmagan holat sifatida baholanmoqda. Shu bilan birga, mavsum boshida murabbiy ko‘plab jarohatlar sabab jiddiy yo‘qotishlarga uchragan tarkib bilan ishlashga majbur bo‘lgan.

Mojaroning sabablaridan biri Toppmyollerning yordamchisi Nelson Morgado bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, klub rahbariyati kommunikasiya va jamoa bilan ishlashdagi muammolar sabab uni murabbiylar shtabidan chiqarishni istagan.

Biroq Toppmyoller o‘z yordamchisini himoya qilgan va bu qarorga qarshi chiqqan.

"Lans" bosh murabbiyi vazifasini vaqtincha Jan-Lui Leka bajarishi mumkin. U avval klub murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.

Kiritildi: 21:16, 15.09.2026.
O'qildi: 807 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик