Kirish Ro'yxatdan o'tish

Arteta 16 yoshli Doumanning o‘yiniga baho berdi

Arteta 16 yoshli Doumanning o‘yiniga baho berdi

Baho:
+ | -

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta Angliya Liga kubogi 3-bosqichida "Ipsvich" ustidan 4:2 hisobida qozonilgan g‘alabadan so‘ng jamoa o‘yini va 16 yoshli Maks Doumanning harakatlarini yuqori baholadi.

"O‘yinimizning ko‘p jihatlaridan juda mamnunman. Qanday harakat qilganimiz va yaxshi sur’atni saqlab qolganimiz menga yoqdi. Ayrim futbolchilar haqiqatan ham ajoyib o‘yin o‘tkazdi. Umuman olganda, bu juda yaxshi kecha bo‘ldi.

Maks ajoyib edi. Uning ayrim harakatlari hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi va juda yuqori saviyada bajarildi. Biz uning iqtidorini yaxshi bilamiz va u bilan to‘g‘ri ishlashimiz kerak.

Uning atrofida juda yaxshi muhit yaratilgan. Shuning uchun bosqichma-bosqich oldinga harakat qilamiz. U hali 16 yoshda, shu bois ehtiyotkor bo‘lishimiz kerak.

Biz uning rivojlanishini cheklashni istamaymiz, lekin shu bilan birga unga to‘g‘ri yo‘nalishda o‘sishi uchun yordam berishimiz shart. Unga nima kerakligini yaxshi bilamiz va maydonga tushishi uchun yetarlicha imkoniyat bo‘ladi", — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi BBC.

"Arsenal"ning Angliya Liga kubogi 4-bosqichidagi raqibi 16 sentyabr kuni o‘tkaziladigan qur’a natijasida ma’lum bo‘ladi.

Kiritildi: 10:20, 16.09.2026.
O'qildi: 636 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик