«Milan»ning sobiq yarim himoyachisi Ismael Bennaser faoliyatini Qatarda davom ettiradi.
«Al-Garafa» klubi 28 yoshli futbolchi bilan shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. Bennaser yangi jamoasiga erkin agent maqomida qo‘shildi. Kelishuvning boshqa tafsilotlari hozircha ochiqlanmagan.
Bennaser «Milan» safida 2022 yilda Italiya chempioni bo‘lgan. Uning milanliklar tarkibidagi eng muvaffaqiyatli davri Stefano Pioli bosh murabbiylik qilgan yillarga to‘g‘ri keladi.
Pioli klubni tark etganidan keyin esa Bennaserning «Milan»dagi o‘rni va o‘yin amaliyoti asta-sekin kamayib borgan.













