Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Nasaf»ning OCHL-2 musobaqasidagi raqibi — «Al-Xolidiya»

«Nasaf»ning OCHL-2 musobaqasidagi raqibi — «Al-Xolidiya»

Baho:
+ | -

Bugun «Nasaf» klubi Osiyo Chempionlar ligasi-2 musobaqasining 1-turi doirasida Bahraynning «Al-Xolidiya» jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Keling, ushbu jamoa haqida biroz to‘xtalib o‘tamiz.

«Al-Xolidiya» Bahrayn futbolining eng yosh klublaridan biri hisoblanadi. Jamoa 2020 yil 27 oktyabrda tashkil etilgan va qisqa vaqt ichida mamlakatning yetakchi klublaridan biriga aylangan.

Jamoa muxlislar orasida «Bahrayn sherlari» («Lions of Bahrain») nomi bilan tanilgan.

«Al-Xolidiya» o‘z uy uchrashuvlarini Riffa shahrida joylashgan Bahrayn Milliy stadionida o‘tkazadi. Mazkur arena 24 mingdan ortiq muxlisni sig‘dira oladi.

Klub qisqa tarixiga qaramay, Bahrayn futbolida bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritishga ulgurgan. «Al-Xolidiya» 2 karra Bahrayn chempioni, 2 karra Bahrayn Qirol kubogi hamda 4 karra Bahrayn Superkubogi sohibi hisoblanadi.

Jamoa 2022/23 va 2023/24 yilgi mavsumlarda ketma-ket ikki bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritgan. 2025/26 yilgi mavsumda esa «Al-Xolidiya» chempionlik uchun so‘nggi turga qadar kurash olib bordi va 54 ochko bilan ikkinchi o‘rinni egalladi. Chempion «Al-Muharraq» 55 ochko jamg‘ardi.

«Al-Xolidiya» shu vaqtga qadar Osiyo futbol konfederasiyasi tomonidan o‘tkaziladigan rasmiy klub musobaqalarida 15 ta uchrashuv o‘tkazgan. Bahrayn vakili ushbu bahslarning 5 tasida g‘alaba qozongan, 4 uchrashuvda durang qayd etgan va 6 marta mag‘lubiyatga uchragan.

Jamoaning Osiyo maydonidagi eng yaxshi natijasi 2024/25 yilgi mavsumga to‘g‘ri keladi. «Al-Xolidiya» Osiyo Chempionlar ligasi 2 musobaqasining guruh bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tib, nimchorak finalga qadar yetib borgan. Ushbu bosqichda jamoa Eronning «Traktor» klubiga ikki o‘yin natijasiga ko‘ra imkoniyatni boy bergan.

O‘tgan mavsumda esa «Al-Xolidiya» Osiyo Chempionlar ligasi-2 guruh bosqichida «Al-Ahli», «Andijon» va «Arqadag‘» bilan bir guruhdan joy olgan. Bahrayn klubi 6 uchrashuvda 1 g‘alaba, 3 durang va 2 mag‘lubiyat qayd etib, 6 ochko bilan guruhda uchinchi o‘rinni egallagan va pley-off bosqichiga chiqa olmagan.

«Al-Xolidiya»ni ayni paytda xorvatiyalik mutaxassis Goran Tomich boshqarmoqda. 49 yoshli murabbiy faoliyati davomida Xitoy, BAA va Saudiya Arabistoni klublarida ham ishlagan.

Jamoa yozgi transfer oynasida tarkibini sezilarli darajada kuchaytirdi. Janubiy Afrika Respublikasi terma jamoasi yarim himoyachisi Patrik Masvanganyi «Orlando Payrets»dan «Al-Xolidiya» safiga kelib qo‘shildi. Shuningdek, shimoliy makedoniyalik himoyachi Darko Velkovski, marokashlik Abdelhak Assal, Valid Sabbar hamda xorvatiyalik Domagosh Droyek kabi futbolchilar jamoa safiga qo‘shildi.

Bundan tashqari, braziliyalik Gleyson Moreyra hamda Bahrayn terma jamoasi vakillaridan Mehdi Humaydan va Muhammad Odil kabi futbolchilar jamoaning muhim o‘yinchilari hisoblanadi.

«Al-Xolidiya» yangi mavsumni ham yuqori natijalar bilan boshladi. Jamoa Bahrayn chempionatining dastlabki turida «Al-Najma»ni 7:2, ikkinchi turda «A’ali»ni 3:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchinchi turda esa «Al-Riffa» bilan 0:0 hisobida durang qayd etdi.

Shu tariqa, Goran Tomich shogirdlari dastlabki uch uchrashuvda 7 ochko jamg‘arib, raqiblar darvozasiga 10 ta gol kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, Osiyo Chempionlar ligasi-2 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan «Al-Xolidiya» — «Nasaf» uchrashuvi bugun Bahraynda bo‘lib o‘tadi.

Manba: pfl.uz
Kiritildi: 13:43, 16.09.2026.
O'qildi: 1133 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик