SSKA darvozaboni va kapitani Igor Akinfeev 40 yoshida ham futbolda qolishga undayotgan omillar haqida gapirdi.
«Men hali ham o‘zimni yosh Igor Akinfeevdek his qilaman, deylik, 22 yoshli. Albatta, ehtimol, meni futbolda va umuman kasbimda ushlab turgan narsa ham shu. Shuncha yil shu yerda ekanim, albatta, SSKA tufayli. Lekin hali ham ishtiyoq bor. Balki, hali so‘nggi so‘zimni aytmaganman, yana biroz o‘ynagim kelyapti.
Agar o‘z ishimni, kasbimni sevmaganimda, ancha oldin futbolni tark etgan bo‘lardim. Faoliyatimni yakunlab, uyda choy ichib, hech kimga xalaqit bermay, bemalol dam olib o‘tirardim», — deya Akinfeevning so‘zlarini «Vesti» keltirdi.
40 yoshli darvozabon 4 aprel kuni RPL doirasida «Akron»ga qarshi o‘yinda (2:1) jarohat olgan va shundan beri rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushmagan.













