Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

«Brentford» murabbiyi VAR hakamlarga xalaqit berayotganini aytdi

«Brentford» murabbiyi VAR hakamlarga xalaqit berayotganini aytdi

Baho:
+ | -

«Brentford» bosh murabbiyi Kit Endryus hakamlarga yordam beruvchi videotizim — VAR o‘yinlarda qaror qabul qilishlariga xalaqit berayotganini ta’kidladi.

Seshanba kuni «Brentford» Angliya Liga kubogining 3-bosqichida «Riding»ni 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Birinchi bo‘limda hakam Tom Nild «Riding» himoyachisi Paudi O'Konnorning qaychi usulida urgan golini raqib futbolchisining yuziga oyog‘i bilan zarba bergani sababli bekor qildi. «Riding» bosh murabbiyi Lim Richardson bu qarorni faoliyati davomida ko‘rgan «eng katta uchta xatodan biri bo‘lishi mumkin», deb aytdi. Liga kubogining ushbu bosqichida VAR tizimidan foydalanilmaydi.

«Barchamizga ma’lumki, hakamlar uchun og‘ir hafta bo‘ldi. Menimcha, ularga shunchaki hakamlik qilish, inson bo‘lib qolish va qarorlarni o‘zlari qabul qilishlariga imkon berish kerak.

Futbolchi bo‘lganimda, har doim hakam bilan munosabatlar hurmat va bir-birimiz bilan ma’lum tarzda muloqot qilish imkoniyatiga asoslanganini his qilardim. Biz ularga hakamlik qilish va xato qilish imkonini berishni to‘xtatdik. Bu juda achinarli», — deya Endryusning so‘zlarini BBC keltirdi.

Avvalroq Angliya futbolida hakamlar faoliyatiga mas’ul Pro Ref tashkiloti «Manchester Yunayted» — «Manchester Siti» (0:1) uchrashuvida Erling Xolandning g‘alaba goliga olib kelgan vaziyatda VAR tizimi xato qilganini tan olgandi.

Kiritildi: 15:07, 16.09.2026.
O'qildi: 548 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик