Saudiya Arabistoni futbol federasiyasi muxlislar marhum portugaliyalik futbolchi Diogu Jotaning familiyasini qichqirganidan so‘ng «Al-Taavun» klubiga nisbatan sanksiyalar qo‘lladi. Bu haqda Goal.com xabar berdi.
Saudiya Arabistoni chempionatining 7-turida «Al-Taavun» o‘z maydonida «Al-Hilol»ga 0:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Uchrashuv 12 sentyabr kuni bo‘lib o‘tdi.
«Al-Taavun» muxlislari raqib tarkibida o‘ynayotgan portugaliyalik yarim himoyachi Ruben Neveshni jahlini chiqarish maqsadida uchrashuv davomida Jotaning familiyasini qichqirishdi.
Mahalliy intizom qo‘mitasi klubga 100 ming rial (23 110 yevro) miqdorida jarima soldi va «Al-Taavun»ning keyingi ikkita uy uchrashuvini muxlislarsiz o‘tkazishga qaror qildi.













