«Barselona» Gabriel Jezusni xarid qilganiga qaramay, yana bir yuqori saviyali hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish niyatidan voz kechmagan.
talkSPORT ma’lumotiga ko‘ra, kataloniyaliklar jahon darajasidagi forvardni xarid qilishni rejalashtirmoqda va bu transferni amalga oshirish uchun alohida reja ishlab chiqmoqda.
Manbaga ko‘ra, «Barselona»ning asosiy maqsadi hali ham «Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares bo‘lib turibdi. Agar argentinalik futbolchini xarid qilishning iloji bo‘lmasa, klub «Bavariya» forvardi Xarri Keyn va «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xoland variantlarini ham ko‘rib chiqadi.
Ayni paytda «Barselona» Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Kataloniyaliklar dastlabki 5 turda 15 ochko to‘plagan.













