«Real» hujumchisi Kilian Mbappe «Elche» yarim himoyachisi Gonsalo Vilyar bilan janjal vaqtida raqibini qo‘pol haqorat qildi.
Madridliklar La Liga 6-turida safarda turnir jadvalining so‘nggi pog‘onasida borayotgan «Elche»ni qo‘shib berilgan daqiqalarda urilgan gol evaziga 3:2 hisobida mag‘lub etdi.
Mundo Deportivo xabariga ko‘ra, hisob 3:2 bo‘lib turgan paytda futbolchilar o‘rtasida tortishuv kelib chiqqan. 28 yoshli Vilyar Mbappeni bo‘g‘zidan ushlagan, shundan so‘ng 27 yoshli fransuz raqibining yuziga barmog‘ini ko‘rsatib, ispan tilida juda qo‘pol haqoratli iboralarni aytgan.
Uchrashuv bosh hakami Xesus Xil Mansano Vilyarga sportga xos bo‘lmagan harakati uchun sariq kartochka ko‘rsatgan, Mbappe esa jazosiz qolgan.













