«Liverpul» yarim himoyachisi Dominik Soboslai Angliya Liga kubogida «Tottenxem» ustidan qozonilgan 3:1 hisobidagi g‘alabadan so‘ng Lyuis Kumas va Jeyms Makkonnellni alohida maqtadi.
«Ikkalasi ham juda yaxshi o‘ynadi. Kumas o‘z vaqtida to‘g‘ri harakat qildi, Makkonnell esa katta hajmdagi yugurishlari bilan ajralib turdi. Ikkalasi ham o‘ynashga munosib.
Ular juda yaxshi uchrashuv o‘tkazdi. Endi bosh murabbiy uchun tanlovni ancha qiyinlashtiradi», — dedi Soboslai.
Kumas va Makkonnell joriy mavsumda ilk bor asosiy tarkibda maydonga tushdi. «Liverpul»ning yoshartirilgan tarkibida Trey Nyoni va Rio Ngumoa ham o‘ynadi.
«Qizillar» safida Soboslai, Aleksis Mak Allister va Kodi Gakpo gol urdi. G‘alaba evaziga «Liverpul» musobaqaning 1/8 finaliga yo‘l oldi.













