Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 1-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze 0-1 Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Ronaldu va Messi joriy mavsumda qaysi rekordlarni yangilashi mumkin?

Ronaldu va Messi joriy mavsumda qaysi rekordlarni yangilashi mumkin?

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi o‘rtasidagi raqobat ular Yevropani tark etganidan va hozir ularni butun bir okean ajratib turganidan keyin ham davom etmoqda. 2026 yilgi jahon chempionatida ikki futbolchi bir qator rekordlarni o‘rnatdi. Biroq ularning rekordlar yo‘li davom etmoqda.

«Evro-Futbol.Ru» joriy mavsumda Ronaldu va Messi qaysi rekordlarni yangilashi mumkinligini tahlil qildi.

RONALDU

150 ta terma jamoa goli. 41 yoshli Ronaldu erishishi mumkin bo‘lgan eng yaqin natijalardan biri — terma jamoa safidagi gollari sonini 150 taga yetkazish. Hozir portugaliyalik futbolchi 146 ta gol bilan terma jamoalar tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. Agar u 150 ta gollik marrani zabt etsa, xalqaro futbol tarixida bu natijaga erishgan birinchi futbolchi bo‘ladi.

Sentyabr oxiri — oktyabr boshida Portugaliya terma jamoasi Millatlar ligasida 4 ta uchrashuv o‘tkazadi. Ronaldu ushbu bahslarning o‘zida 150 gollik ko‘rsatkichga yetib olishi mumkin. Agar buning uddasidan chiqmasa, noyabr oyida yana 2 ta imkoniyatga ega bo‘ladi. Keyin esa kelasi yilda ham bir nechta o‘yin o‘tkaziladi.

Terma jamoalar tarixidagi eng yoshi katta xet-trik muallifi. Ronaldu milliy jamoa safida o‘rnatishi mumkin bo‘lgan yana bir rekord — terma jamoalar tarixidagi eng yoshi katta xet-trik muallifi bo‘lish.

2026 yilgi jahon chempionatida Lionel Messi 38 yosh 357 kunligida xet-trik qayd etib, futbol tarixidagi eng yoshi katta xet-trik muallifiga aylangan edi. Biroq argentinalik futbolchi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi. Endi Ronaldu uning rekordini yangilashi mumkin.

2027 yilda ham gol urish seriyasini davom ettirish. Hozirgacha biror futbolchi 25 yil davomida har yili kamida bitta gol urmagan. Shuning uchun ushbu rekord Ronalduga tegishli.

Agar portugaliyalik futbolchi 2027 yilda ham gol ursa, bu seriya yana uzayadi va uning natijasini yangilash yanada qiyinlashadi.

1000 ta gol. Ronaldu intilayotgan eng katta rekord — faoliyati davomida 1000 ta gol urish. 15 sentyabr holatiga ko‘ra, «An-Nasr» hujumchisi terma jamoa o‘yinlarini ham qo‘shib hisoblaganda 979 ta gol urgan. Demak, unga 1000 ta golga yetish uchun yana 21 ta aniq zarba kerak.

Kelasi yozda faoliyatini yakunlashi mumkin bo‘lgan Ronaldu jarohatlardan qocha olsa, bu marraga yetishi mumkin.

MESSI

«Inter Mayami» safida 100 ta gol. 17 sentyabr kuni tunda «Inter Mayami» «Krus Asul»ga qarshi Kampeones kubogi bahsida maydonga tushadi. Bu uchrashuv 39 yoshli Lionel Messi uchun alohida ahamiyat kasb etishi mumkin.

Agar argentinalik futbolchi bitta gol ursa, «Inter Mayami» safidagi gollari sonini 100 taga yetkazadi. Bungacha klub tarixida hech bir futbolchi bunday natija qayd etmagan.

Hozir Messining «Inter Mayami»dagi hisobida 114 ta o‘yinda 99 ta gol bor.

MLS tarixidagi eng yaxshi to‘purar. O‘tgan mavsumda Messi MLS muntazam chempionatida 29 ta gol urgan va musobaqaning eng yaxshi to‘purari bo‘lgan. U 2019 yilda Karlos Vela o‘rnatgan rekordni yangilash uchun 6 ta gol kam urgan.

Bu mavsumda esa Messining hisobida 19 ta gol bor, oldinda esa yana 9 ta uchrashuv turibdi. Shu tariqa u avvalgi natijasini ham yaxshilashi va muntazam chempionatning yangi rekordini o‘rnatishi mumkin. Bir necha hafta avval argentinalik futbolchi poker qayd etgani ham ta’kidlangan.

MLSda mavsum MVP sovrinini uchinchi marta ketma-ket qo‘lga kiritish. Messi «Inter Mayami»ga 2023 yil yozida qo‘shilgan. Biroq MLS mavsumi «bahor-kuz» tizimida o‘tkazilgani sababli, argentinalik futbolchi o‘sha mavsumda atigi 6 ta uchrashuvda ishtirok etgan. Bunga uning mushaklari bilan bog‘liq muammolar sabab bo‘lib, Messi 6 ta o‘yinni o‘tkazib yuborgan.

Shunga qaramay, u 2024 va 2025 yillarda MLSning eng yaxshi futbolchisi — MVP sovrinini qo‘lga kiritdi. Agar Messi joriy mavsum yakunida ham ushbu mukofotga sazovor bo‘lsa, MLS tarixida sovrinni uch marta ketma-ket qo‘lga kiritgan birinchi futbolchiga aylanadi.

Golli harakatlar bo‘yicha rekord. O‘tgan MLS muntazam chempionatida Messi «gol+pas» tizimi bo‘yicha 48 ta samarali harakat qayd etdi — 29 ta gol va 19 ta golli uzatma. Bu natija Karlos Velaning rekordiga bir qadam yetmay qoldi.

2019 yilda meksikalik hujumchi bir mavsumda 34 ta gol uribgina qolmay, 49 ta golli harakat bilan ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham rekord o‘rnatgan.

Bu yil Messi hisobida 32 ta golli harakat bor — 19 ta gol va 13 ta golli uzatma. Oldinda esa yana 9 ta uchrashuv bor. Qayd etilishicha, Messi MLSdagi so‘nggi 8 ta o‘yinning har birida kamida bitta golli harakat amalga oshirgan.

Ronaldu va Messi uzoq yillik faoliyatlari davomida o‘nlab rekordlarni o‘rnatishgan. Ularning rekordlar tarixi esa hali ham davom etmoqda. Joriy mavsumda har ikki futbolchining ham o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari bor.

Manba: euro-football.ru
Kiritildi: 22:23, 16.09.2026.
O'qildi: 1541 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик