Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiy Luis de la Fuente bilan shartnomani 2030 yilgacha uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Bu haqda Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF) prezidenti Rafael Lusan ma’lum qildi.
«Biz kelishuv bo‘yicha ishlarni yakunlayapmiz, shuning uchun u yana bir necha yil biz bilan qoladi. Bizda tarixdagi eng yaxshi murabbiy bor, natijalarning o‘zi buni ko‘rsatib turibdi. Ispaniyalik muxlislar uni yaxshi ko‘radi va hurmat qiladi.
Men unga yaxshilangan shartlar asosida shartnomani uzaytirish imkoniyatini taklif qildim. Bu mantiqan to‘g‘ri qaror edi, chunki u eng ko‘p maosh oladigan o‘n nafar murabbiy qatoriga kirmasdi. Endi esa kiradi», — dedi Lusan.
Marca nashri ma’lumotiga ko‘ra, de la Fuente bilan yangi shartnoma 2030 yilgi jahon chempionati yakuniga qadar amal qiladi. Uning amaldagi kelishuvi esa Yevro-2028 dan keyin o‘z nihoyasiga yetadi.
Luis de la Fuente Ispaniya milliy terma jamoasini 2022 yilda qabul qilib olgan. Uning qo‘l ostida jamoa 2022/23 yilgi Millatlar ligasi, Yevro-2024 va 2026 yilgi jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi.













