«Benfika» prezidenti Ruy Koshta jamoasining «Milan» ustidan qozongan g‘alabasidan biroz noqulay ahvolda qoldi. U bu natija Italiya klubining yangi bosh murabbiyi Ruben Amorimning mavqeiga salbiy ta’sir qilmasligiga umid bildirdi. «Benfika» italiyaliklar darvozasiga javobsiz ikkita gol urdi.
«Amorim? Menimcha, u bu yerda muvaffaqiyat qozona oladi. Unga vaqt berish kerak», — deya Koshtaning so‘zlarini pianetamilan.it nashri keltiradi.
Eslatib o‘tamiz, Koshta faoliyatining asosiy qismini Italiyada o‘tkazgan, jumladan, «Milan» safida ham to‘p tepgan. Amorim iyun oyida «Milan» bosh murabbiyi etib tayinlangan. Bunga qadar u Angliyaning «Manchester Yunayted» klubini boshqargan.
«Milan» uchun bu joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyat bo‘ldi. Jamoa A Seriyada hali mag‘lubiyatga uchramagan.













