"Inter Mayami" hujumchisi Lionel Messi qo‘lga kiritilgan sovrinlar soni bo‘yicha jahon rekordini yana yaxshiladi.
Campeones Cup uchun kechgan uchrashuvda uning jamoasi Meksikaning "Krus Asul" klubini 2:0 hisobida mag‘lub etdi.
Ushbu sovrin 39 yoshli argentinalik futbolchining professional faoliyatidagi 49-titul bo‘ldi.
Shu tariqa, Messi bu ko‘rsatkich bo‘yicha ikkinchi o‘rinda borayotgan braziliyalik Dani Alvesdan to‘rtta sovringa o‘zib ketdi.
Lionel Messi "Inter Mayami" safida 2023 yil yozidan buyon to‘p surmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil dekabr oyi oxiriga qadar mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali yulduz hujumchining hozirgi transfer qiymatini 15 million yevroga baholamoqda.













